«RB Leypsig» Diomandeni «PSJ»ga sotishga tayyor, ammo muhim shart bilan

«RB Leypsig»ning 19 yoshli vingeri Yan Diomande faoliyatini «Pari Sen-Jermen»da davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, nemis klubi o‘z iqtidorini «PSJ»ga sotishga rozi bo‘lgan, biroq bir shart bilan: futbolchi yana bir mavsumni ijara asosida Bundesligada o‘tkazishi kerak. Manbaga ko‘ra, parijliklar Diomandeni darhol o‘z safiga qo‘shib olishni xohlashmoqda, ammo agar futbolchining o‘zi Germaniyada yana bir yil qolish uning foydasiga ishlaydi deb hisoblasa, kelishuv aynan shunday shartlar asosida imzolanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Diomande avvalroq «Liverpul»ga o‘tishdan bosh tortgan, chunki u Chempionlar ligasining ikki karra g‘olibi safiga qo‘shilishni istamoqda.
Transfermarkt portali mutaxassislari Diomandeni 90 million yevroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar