«Real» himoyachisi Raul Asensio «Chelsi»ning qiziqishini rad etdi. Bu haqda Le Journal du Real xabar bermoqda.

Avvalroq London klubi 23 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, uning transferini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqqan edi. Biroq Asensioning o‘zi jamoani tark etishdan manfaatdor emas va «Real» tarkibida o‘z o‘rni uchun kurashishga umid qilmoqda.

Futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikdan foydalanib, Joze Mourinyuda yaxshi taassurot qoldirishni va portugaliyalik mutaxassisning yangi mavsumdagi rejalaridan joy olishni maqsad qilgan.

O‘tgan mavsumda Asensio Ryudiger va Militao olgan jarohatlardan foydalanib, La Ligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shundan 18 tasida asosiy tarkibda harakat qildi. Klub himoya chizig‘iga yangi futbolchilar olib kelinganidan so‘ng, uning yangi mavsumda maydonga tushish vaqti sezilarli darajada qisqarishi mumkin.

Manba: Stadion.uz