Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi ish o‘rniga ega bo‘ldi. 54 yoshli mutaxassis Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federasiyasining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qilindi.

Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Jamoa bosh murabbiyi lavozimida Zinedin 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng o‘z faoliyatini yakunlagan Didye Deshamning o‘rnini egalladi.

Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan o‘tgan mundialda Fransiya terma jamoasi yarim final bosqichigacha yetib bordi. Finalga bir qadam qolganda «uchranglilar» Ispaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa fransuzlar Angliyaga imkoniyatni boy berishdi — 4:6.

Manba: Stadion.uz