"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana xalqaro ruxsatnoma olinishi va ro‘yxatdan o‘tkazilish sharti bilan, 2026/2027 yilgi mavsum uchun Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga ijara asosida o‘tdi. Bu haqda "qizil iblislar"ning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, kamerunlik posbon ortda qolgan mavsumda ham Turkiya jamoasi sharafini himoya qilgan edi. U o‘shanda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 40 ta gol olib chiqqan va 6 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Onana 2023 yilning yozida Milanning "Inter" klubidan 52,5 million yevro evaziga "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. Darvozabonning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir yilga uzaytirish bandi mavjud. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz