Rasman: Gvardiol «Manchester Siti» bilan yangi uzoq muddatli kelishuvga imzo chekdi

«Manchester Siti» klubi Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi.
Xorvatiyalik himoyachi bilan tuzilgan yangi bitim 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yoz boshida 24 yoshli futbolchiga Madridning «Real» klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gvardiol 2023/24 yilgi mavsumdan beri «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ortda qolgan mavsumda xorvatiyalik himoyachi APL doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar