Rafael Leau Turkiya klublarining qiziqishi fonida kelajagi haqidagi savolga javob berdi

«Milan» vingeri Rafael Leau keyingi faoliyati borasidagi savolga javob qaytardi. Yaqinda matbuotda portugaliyalik futbolchiga «Fenerbaxche» va «Galatasaroy» klublari tomonidan qiziqish bo‘layotgani va u faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
«Klub rahbariyati bilan yangi chorlovda o‘zimni sinab ko‘rish imkoniyati haqida gaplashdim, ammo bu sodir bo‘ladimi-yo‘qmi — hozircha bilmayman. 29 iyul kuni jamoa qarorgohiga yetib borishim kerak. Hozircha «Milan» o‘yinchisiman. Maydonda bor kuchimni beraman va menga juda ko‘p narsa taqdim etgan ushbu klub libosini hurmat qilaman», — dedi Leau Podpah podkastida.
27 yoshli hujumchi 2019 yildan beri «rossoneri» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana ikki mavsum bor.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar