«PSJ» iqtidorini yana ijaraga yubordi

Gabriel Moskardo «PSJ»dan «Espanyol»ga o‘tdi.
Ispaniya klubi 20 yoshli tayanch yarim himoyachisini mavsum oxirigacha ijara asosida qo‘shib olganini e’lon qildi.
Bu «PSJ» tomonidan 2024 yilning yanvarida «Korintians»dan 20+2 million yevro evaziga sotib olingan braziliyalik futbolchi uchun ketma-ket uchinchi ijara hisoblanadi.
Moskardo 2024/25 yilgi mavsumni «Reyms»da, 2025/26 yilgi mavsumni esa «Braga»da o‘tkazdi. Futbolchi «PSJ»ga o‘tganidan buyon parijliklar safida birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushmagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar