«PSJ» himoyachisi «Parij»ga o‘tdi

«Parij» klubi «PSJ»dan himoyachi Emmanuel Mbembani o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 19 yoshli futbolchi klub bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq himoyachi «PSJ»ning o‘smirlar jamoasida o‘zini ko‘rsatgan va Fransiya o‘smirlar terma jamoalari a’zosiga aylangandi. U yangi jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
«Emmanuelni «Parij»da qutlayotganimizdan mamnunmiz. U bizning loyihamizni tanlaganidan juda baxtiyormiz. Emmanuel — zamonaviy va iqtidorli chapqo‘l himoyachi. Uning universalligi, o‘yin uslubi, ishtiyoqi va qat’iyati bizda katta taassurot qoldirdi», — dedi «Parij» sport direktori Marko Neppe.
Avvalroq futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar