«PSJ» darvozaboni Martin Jeyms faoliyatini Germaniyada davom ettiradi, deb xabar beradi Sky Germany.

18 yoshli fransiyalik posbon professional shartnomaga ega bo‘lmagani sababli «Kyoln» klubiga erkin agent maqomida kelib qo‘shiladi. Darvozabor klub bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekadi.

Tibbiy ko‘rik juma kuniga rejalashtirilgan. Jeymsga jamoada uchinchi darvozabon roli ajratiladi.

O‘tgan mavsumda Jeyms «PSJ»ning yoshlar jamoasi tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 23 ta to‘p olib chiqdi. U o‘nta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: Stadion.uz