«Al-Hilol» klubining portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu yaqin vaqt ichida «Barselona»ga o‘tishi mumkin.

Diario SPORT nashrining xabar berishicha, Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 ni tark etganidan so‘ng, Kanseluning «Barselona»ga transferi tezlashishi mumkin. Tomonlar ikki yillik shartnoma borasida deyarli kelishib olishgan, faqat ayrim detallarni hal qilish qolgan.

Kanselu «Barselona»da o‘ynashni xohlaydi va «Al-Hilol»ga qaytish niyatida emas. Futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safiga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi ekani alohida ta’kidlanmoqda. Kataloniyaliklar Kanselu transferini yakunlashi bilan bor e’tiborlarini markaziy hujumchi sotib olishga qaratadilar.

Manba: Stadion.uz