Pochettino AQSH terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Maurisio Pochettino AQSH erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
Pochettino 2024 yilning sentyabr oyida JCH-2026 yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma asosida tayinlangan edi. Murabbiy musobaqa mezbonlarini o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga (1/16 final) olib chiqdi va pley-off yo‘llanmasini ta’minladi.
Sky Sports News ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda u klub futboliga qaytishni rejalashtirmayapti. Hozirda Pochettinoni AQSH terma jamoasi rulida 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar saqlab qolishni ko‘zda tutuvchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar kechmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar