Pini Zaxavi Levandovskining «Barselona»dan ketishi sabablarini ochiqladi

Futbol agenti Pini Zaxavi «Barselona» rahbariyatining o‘z mijozi Robert Levandovskining kelajagi borasidagi ichki tafsilotlarini oshkor qildi.
Sport agentining tushuntirishicha, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta polshalik hujumchining jamoada yana bir yil qolishini xohlagan.
Biroq sport direktori Deku va bosh murabbiy Xansi Flik prezidentning pozisiyasiga qarshi chiqishgan.
«Joan Laporta Levandovskini juda hurmat qilardi. U Robertning yana bir mavsumga qolishini istagan edi, ammo Deku va Xansi Flikning rejalari tamomila boshqacha edi», — deydi Pini Zaxavi.
«Shu sababli, ma’lum bir paytda biz boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldik», — deya qo‘shimcha qildi agent.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar