Transfer oynasi yopilishiga sanoqli soatlar qolganida "PSJ" va "Chelsi" murosaga kela olmayapti

Ayni paytda "Chelsi" va "PSJ" Xakim Zieshning transferi borasida hali kelishuvga erishmagan.
Marokashlik futbolchi allaqachon Parijda va tibbiy ko'rikdan o'tgan, ammo londonliklarning moliyaviy talablari hozircha kelishuvga to'sqinlik qilmoqda.
Oldinroq parijliklar vingerni yozda sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olishlari haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.