«Tottenxem» himoyachisi Mikki van de Ven 6 nafar yangi futbolchini sotib olgan klubning yozgi transfer kompaniyasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Klub muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirgani juda yaxshi bo‘ldi. Klubda yangi ambisiyalar paydo bo‘lgani ko‘rinib turibdi. Bu yerda uzoq vaqtdan beri o‘ynab kelayotgan futbolchilar uchun bu juda muhim.

O‘tgan mavsum juda og‘ir kechdi va biz uchun qabul qilib bo‘lmas darajada yomon bo‘ldi. Shu sababli bularning barini ortda qoldirib, yangi mavsumni yangi kuchlar bilan boshlash juda muhim», — dedi 25 yoshli futbolchi.

«Shporlar» 2025/26 yilgi mavsumni APL turnir jadvalida 17-o‘rinda yakunlashgan edi.

Manba: Stadion.uz