O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov «Markaziy sektor» podkastidagi chiqishida bo‘lajak Osiyo Kubogi haqida fikr bildirdi.

«Osiyo Kubogi musobaqasi oson o‘tmaydi. Mazkur musobaqaga milliy terma jamoamiz eng yaxshi holatda borishini istardim. Jahon chempionatida Husniddin Aliqulov, Jaloliddin Masharipov kabi futbolchilarimiz jarohat sabab maydonga tusha olmagani ham o‘z so‘zini aytdi. Saralashda qanday o‘yin namoyish qilgandik? Har bir futbolchi o‘zining yetuk formasida edi. Osiyo Kubogida ham shunday bo‘ladi deb umid qilaman. Vazifa — Osiyo chempioni bo‘lish.

Biz hamma tomondan eng yaxshi holatda bo‘lsak, Osiyo Kubogi finaliga chiqadigan kuchimiz bor. Chunki oxirgi paytlar Eronni 4-5 marta yutdik. Eron har doim Jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoa. Oldin ular bilan o‘ynashga qo‘rqardik. Hozir Eron qo‘rqyapti bizdan.

2011 yildagi Osiyo Kubogi ko‘p eslanadi. O‘shanda biz Avstraliyadan 6 ta gol o‘tkazib yuborgandik. Jahon chempionatida esa biz Portugaliyadek terma jamoadan 5 ta gol o‘tkazib yubordik. 2023 yilgi Osiyo Kubogida biz o‘sha Avstraliya bilan durang o‘ynagandik», — deb esladi Otabek Shukurov.

Manba: Stadion.uz