28 yoshli yarim himoyachi Ksaver Shlager erkin agent maqomida «Leypsig»dan «Nottingem Forest» klubiga o‘tdi.

«Ksaver Shlager «Nottingem Forest» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va bosh murabbiy Oliver Glasner qo‘l ostida jamoaga kelib qo‘shilgan ilk futbolchiga aylandi.

Avstriya terma jamoasi a’zosi «Leypsig»dagi to‘rt mavsumdan so‘ng «Forest»ga o‘tmoqda. U 2025/26 yilgi mavsumda «Leypsig»da vise-sardor bo‘lgan edi.

O‘tgan mavsumda klub safida 30 ta o‘yinda maydonga tushgan Shlager shu yozda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Avstriya terma jamoasining barcha 4 ta o‘yinini asosiy tarkibda boshladi va milliy termadagi o‘yinlari sonini 55 taga yetkazib oldi.

«Forest»ga o‘tish orqali Shlager «Volfsburg»dagi faoliyati davomida birga ishlagan bosh murabbiyi bilan yana birlashmoqda», — deyiladi APL klubi xabarida.

Manba: Stadion.uz