«Nyukasl» Xauning o‘rniga tezda o‘rinbosar topdi

Eddi Xau jamoani tark etishga qaror qilgach, «Nyukasl» yangi bosh murabbiy nomzodini aniqlab oldi.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «olashaqshaqlar» bosh murabbiyligi lavozimini Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubini boshqarib kelayotgan Mattias Yayssle egallaydi. Hozirda tomonlar faol ravishda muzokaralar olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xau «Nyukasl» rahbariyatiga jamoadan ketish qarorini ma’lum qilgan edi. U 2021 yildan beri ingliz klubiga ustozlik qilib kelayotgan edi.
Jamoa o‘tgan Angliya chempionati mavsumida omadsiz ishtirok etdi. Xau boshchiligidagi jamoa 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida bor-jog‘i 12-pog‘onani egallashgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar