«Nyukasl» Nik Voltemade bo‘yicha qarorini qabul qildi

«Nyukasl» hujumchi Nik Voltemadeni jamoada olib qolmoqchi.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotiga ko‘ra, «qarg‘alar» germaniyalik futbolchiga klubni tark etish uchun ruxsat berishmagan.
Klubning yangi sport direktori Ross Uilson Voltemadeni sotish yoki ijaraga berishni xohlamayapti. U futbolchining katta muxlisi hisoblanadi.
Hujumchining agenti Denni Baxmann atrofdagi mish-mishlar soxta (feyk) akkauntlardan tarqalayotganini tasdiqladi, deb yozadi Plettenberg.
24 yoshli hujumchining o‘zi ham jamoada qolishni rejalashtirmoqda. U a’lo darajadagi sport formasida va yangi mavsum oldidan o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan.
«Nyukasl» Voltemadeni 2025 yilning yozida «Shtutgart»dan klub uchun rekord darajadagi 85+5 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar