«Nyukasl» «Monako» yarim himoyachisi transferi bo‘yicha kelishib oldi

«Nyukasl» «Monako» bilan yarim himoyachi Alaji Bambaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar berdi, keyinroq bu ma’lumotni insayder Fabrisio Romano ham tasdiqladi.
Manbalarning xabariga ko‘ra, bitim summasi bonuslar bilan birga 40 million yevrodan sal ko‘proqni tashkil qiladi. 20 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va uzoq muddatli shartnomaga qo‘l qo‘yish uchun Angliyaga uchib ketishga ruxsat olib bo‘lgan.
Nafaqat tayanch zonasida, balki maydon markazida ham o‘ynay oladigan Bamba o‘tgan mavsumda «Monako»ning asosiy jamoasi tarkibida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar