«Nyukasl» klubi yaqin orada «Frayburg» yarim himoyachisi Yoxan Manzambi bo‘yicha birinchi rasmiy taklifni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya klubi transfer bo‘yicha dastlabki aloqalarni o‘rnatib ulgurgan. 20 yoshli shveysariyalik futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan klub e’tiborini tortdi. Joriy turnirda Manzambi 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va o‘z terma jamoasining haqiqiy yetakchilaridan biriga aylandi.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz