Noyer: «Ushbu mavsumdan keyin faoliyatimni yakunlasam kerak»

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer 2026/27 yilgi mavsum uning professional futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi mavsum bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi. Bu haqda 40 yoshli posbon BILD nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Men maydonga: “Bu mening so‘nggi o‘yinim”, degan xayol bilan chiqmayman. Qaysi stadionda o‘ynashimdan qat’i nazar, bu mening o‘sha arenadagi so‘nggi uchrashuvim bo‘lishi mumkinligini o‘ylamayman. Ammo ko‘rinishidan, haqiqatan ham ushbu mavsumdan keyin faoliyatimni yakunlayman», — dedi Noyer.
Manuel Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Myunxen klubi bilan ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan, 13 marta Germaniya chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, u Germaniya terma jamoasi safida 2014 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar