«Al-Qodisiya» himoyachisi, «Real»ning sobiq sardori Nacho Joze Mourinyo ketma-ket omadsiz kechgan mavsumlardan so‘ng «qaymoqranglilar»ga chempionliklarni qaytara olishiga ishonishini bildirdi.

«Aniq ayta oladiganim shuki, ular sovrinlar yuta oladimi-yo‘qmi — buni bilmayman, chunki bu futbol va bunday natijalarga erishish oson emas. Ammo u aniq futbolchilarni 100 foiz fidoyilik bilan o‘ynashga majbur qiladi.

Jarayonning ichida bo‘lgan inson sifatida ishonch bilan ayta olamanki, u har bir mashg‘ulot va har bir o‘yinga 100 foizlik shiddat olib kiradi. Shu sababli, agar futbolchilar va Mourinyu bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishsa, «Real Madrid» uchun yaxshi kunlar kelayotganiga hech qanday shubham yo‘q.

Mour — «Real»ning haqiqiy muxlisi, u ashaddiy madridist. Eng muhimi ham shu: u ushbu klubda g‘alaba va mag‘lubiyat nima ekanini mukammal darajada tushunadi. Agar futbolchilar uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashsa, «Real Madrid»ni buyuk natijalar kutmoqda...» — dedi Nacho.

Manba: Stadion.uz