«MYU» hujumchisi «Kyoln»ga o‘tishga yaqin

«Manchester Yunayted» va Germaniyaning «Kyoln» klublari hujumchi Chido Obini 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
«Yunayted» akademiyasining eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblangan 18 yoshli daniyalik forvard kattalar futbolida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Bundesligaga yo‘l olishi mumkin. Klub rahbariyati aynan ijara uning rivojlanishidagi navbatdagi qadam bo‘ladi, deb hisoblamoqda.
«Kyoln» hujum chizig‘ini kuchaytirishdan manfaatdor va Obini o‘zining tezligi, driblingi hamda hujumlarni yakunlash mahorati evaziga asosiy tarkibdagi joy uchun darhol raqobatlasha oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. O‘tgan mavsumda u yoshlar jamoalari darajasida yuqori mahsuldorlik namoyish etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar