«Monako» «PSJ»ning Akliush bo‘yicha taklifidan qoniqmadi

«PSJ» Magnes Akliushning transferi bo‘yicha taklif bilan chiqdi.
Parij klubi 24 yoshli vingerning transferi uchun «Monako»ga taxminan 35 million yevro taklif qildi, biroq bu monagasklarni qanoatlantirmadi – ular yana 15-20 million yevro ko‘proq olmoqchi, deya xabar beradi Le Parisien.
O‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida fransiyalik futbolchi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar