«Milan» «Trua»ning 20 yoshli himoyachisi Diavarani 2 mln yevroga sotib oldi

«Milan» «Trua» himoyachisi bilan shartnoma imzoladi.
«Milan» Sankun Diavaraning transferini e’lon qildi. 20 yoshli himoyachi Italiya klubiga «Trua»dan ko‘chib o‘tdi va uzaytirish imkoniyati bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Avvalroq bitim summasi 2 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan edi.
O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi Liga 2 da 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar