«Milan» Mayk Menyan atrofidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, «Milan» klubi darvozabon Mayk Menyanning kelajagi atrofida avj olayotgan mish-mishlarga chek qo‘yib, muxlislarni fransuz futbolchisi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligiga ishontirdi.
2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan Fransiya terma jamoasi posboni o‘zining Instagram sahifasidagi barcha suratlarni o‘chirib tashlagani va «Milan»ga oid eslatmalarni olib tashlagani muxlislar o‘rtasida turli shubha-gumonlarni uyg‘otgan edi.
Biroq manbaga ko‘ra, darvozabon klub rahbariyatiga transfer yoki shartnoma shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha hech qanday talab bilan murojaat qilmagan. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim Menyanni o‘z taktik loyihasining ajralmas qismi deb biladi hamda uni maydonda va maydondan tashqarida jamoaning asosiy sardori sifatida ko‘rmoqda.
Menyan joriy yilning boshida klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan va o‘z kelajagini «San-Siro» bilan uzoq muddatga bog‘lagan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar