«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus yangi mavsum oldidan jamoaning holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bavariya» kuchsizlangani yo‘q. Aksincha. Bu yozda asosiy futbolchilardan birortasi klubni tark etishini kutmayapman.

Bir necha hafta oldin Maykl Olise «Bavariya»da qolishiga ishonchim komil ekanini aytgan edim. Uning qo‘yib yuborilishi haqida hech qachon xavotir yoki gumon bo‘lmagan. Buning uchun juda favqulodda bir voqea yuz berishi kerak. Ammo bunday bo‘lmaydi.

Jamoa Vensan Kompani qo‘l ostida muvaffaqiyatli ishlashda davom etishi mumkin. Ular bir-birlarini yaxshi bilishadi va bir-birlariga ishonishadi.

Shu sababli «Bavariya» keyingi mavsumda yana yevrokuboklarda raqobatbardosh bo‘ladi deb hisoblayman — bu esa ularning yana Chempionlar ligasi favoritlari qatorida bo‘lishini anglatadi.

Ular hech kimdan qo‘rqishlari shart emas. Albatta, asosiy maqsad — Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritish uchun ularga biroz omad ham kerak bo‘ladi.

Har qanday holatda ham, «Bavariya» Germaniya chempionatida yaqqol favorit hisoblanadi», — deydi Lotar Matteus.

Manba: Stadion.uz