«Real» hujumchisi Franko Mastantuononing madridliklar safidagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Ignasio Sanchesning ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi Ispaniyani tark etishni xohlamayapti. U ispan tilidan boshqa hech qaysi xorijiy tilni bilmaydi va boshqa tilni o‘rganishga umuman qiziqishi yo‘q. Ispaniya klublari orasida forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga «Valensiya» va «Vilyarreal» jamoalari da’vogarlik qilmoqda. «Real» rahbariyati esa Mastantuononing transferi xato bo‘lgan deb hisoblay boshlagan.

Franko Mastantuono 2025 yilda «River Pleyt»dan «Real»ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Mastantuononing qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz