«Manchester Yunayted» Paragvay terma jamoasi va Argentinaning «San-Lorenso» klubi darvozaboni Orlando Xilni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RTI Esporte xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» futbolchini xarid qilish bo‘yicha harakatlarini faollashtirgan. Angliya klubi Orlando Xilning JCH-2026dagi ishonchli o‘yinidan katta taassurot olgan.

Darvozabonning «San-Lorenso» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil dekabriga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 7,5 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Orlando Xil «San-Lorenso» safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u 19 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 marta o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Manba: Stadion.uz