«Manchester Yunayted» klubi «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni qo‘lga kiritishga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib qolmoqda.

«Qizil iblislar» 21 yoshli futbolchi uchun kurashdan chiqishgani yo‘q, biroq «bolg‘achilar» talab qilayotgandek u uchun 80 million funt sterling (taxminan 93 million yevro) to‘lash niyatida emaslar. Bu haqda Times Sport nashri xabar bermoqda. Mankunianliklarning ushbu pozisiyasi o‘zgarishi amrimahol. London klubi Chempionshipga tushib ketgani sababli, vaqt o‘tishi bilan narx borasida yon berishga majbur bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Qayd etish lozimki, Mateush Fernandeshga Madridning «Real» va «Tottenxem» klublari tomonidan ham qiziqishlar borligi aytilgan edi. Transfermarkt portali portugaliyalik iqtidorning transfer bahosini 50 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz