«Manchester Yunayted» hujumchisi Zirkzee «Yuventus»ga o‘tishga bir qadam qoldi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Djoshua Zirkzee «Yuventus»ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi futbolchining ijarasi bo‘yicha «Man Yunayted» bilan muzokaralarning yakuniy bosqichiga kirdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli niderlandiyalik hujumchi 2026/2027 yilgi mavsumni Italiya klubida o‘tkazadi. shuningdek, «Yuventus»da futbolchini 20 million yevroga sotib olish bo‘yicha ustuvor huquq bo‘ladi.
Zirkzee 2024 yilning iyul oyidan beri «MYU» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar