«Manchester Yunayted»ga «Barselona»ning yulduz futbolchisi taklif qilindi

«Barselona»ning o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kundening nomi «Manchester Yunayted»ga o‘tish bilan bog‘lanmoqda.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar»ga yozgi transfer oynasida fransiyalik futbolchini sotib olish imkoniyati taklif qilingan. «Ko‘k-anorranglilar» 27 yoshli futbolchi uchun 60 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilishi taxmin qilinmoqda. Biroq mankunianliklar hozircha bu transferga katta qiziqish bildirishgani yo‘q, chunki jamoaning ayni damdagi ustuvor vazifasi — mudofaaning chap qanotini kuchaytirish hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Jyul Kunde 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u Xansi Flik qo‘l ostida barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar