"Manchester Siti" va "Tottenxem" portugaliyalik futbolchi uchun kurashmoqda

"Manchester Siti" va "Tottenxem" Fransishku Trinkanni "Al Ahli"dan tortib olishga harakat qilmoqda.
So‘nggi kunlarda Portugaliyada Trinkanni Saudiya Arabistoniga o‘tishga yaqinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Potensial transfer narxi 43 million funt sterlingga baholangan edi.
Endi, Record nashrining xabar berishicha, futbolchi Saudiya Arabistoniga o‘tishga shoshilmayapti, chunki Premyer-liganing ikkita klubi - "Manchester Siti" va "Tottenxem" unga qiziqish bildirishgan.
U darhol "Al Ahli" bilan shartnoma imzolash o‘rniga, Portugaliyaning Jahon chempionatidan chiqib ketishi ortidan vaqt ajratib, imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar