«Manchester Siti» Tonali uchun 110 million tayyorlamoqda

«Manchester Siti» yirik transferni amalga oshirishga hozirlik ko‘rmoqda. Marca nashrining xabar berishicha, «shaharliklar»ning yozgi transfer oynasidagi navbatdagi xaridi «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» rahbariyati 26 yoshli italiyalik futbolchi uchun taxminan 110 million yevro to‘lashga rozi. Tonali «Nyukasl» safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘shanda u «Milan»dan qariyb 60 million yevro evaziga sotib olingan edi. Uning «qarg‘alar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Bundan avvalroq «Siti» «Nottingem Forest»ga ingliz yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun 135 million yevro to‘lashi kutilayotgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar