«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri belidagi surunkali muammolar sababli operasiya qilindi.

Klub 30 yoshli futbolchining operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi. Rodri yaqin vaqt ichida tiklanish va reabilitasiya jarayonini boshlaydi, ushbu bosqich juda uzoq davom etmasligi kutilmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, ushbu jarrohlik amaliyoti sababli Rodri yangi mavsumning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Manba: Stadion.uz