"Manchester Siti"ning yana bir futbolchisi "Inter"ga o‘tishi mumkin

"Manchester Siti"ning markaziy himoyachisi Natan Ake Milanning "Inter" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya grandiga 31 yoshli Akening xizmatlari taklif qilingan. Niderlandiyalik futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetishi sababli, bu transfer amalga oshishi juda oson va qulay hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq "Manchester Siti"dan "Inter"ga boshqa bir markaziy himoyachi — Manuel Akandji o‘tgan edi.
Ake 2020 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib keladi. Ortda qolgan mavsumda u 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va golli harakatlar bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar