«Manchester Siti» Elliot Anderson transferini rasman e’lon qildi

«Manchester Siti» klubi rasmiy sayti orqali «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonning transferi bo‘yicha kelishuvga erishilganini tasdiqladi.
23 yoshli futbolchi ayni paytda Angliya terma jamoasi bilan Jahon chempionati–2026da ishtirok etmoqda. U Kanzas shahrida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Transfer rasman Angliyaga qaytganidan keyin yakuniy rasmiylashtiriladi.
Klub bayonotida shunday deyilgan:
«Manchester Siti»dagi barcha Elliot va Angliya terma jamoasiga Jahon chempionatida omad tilaydi hamda uni Manchesterda qarshi olishni intiqlik bilan kutmoqda».
Anderson «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda 15 million funt sterling evaziga «Nottingem Forest» safiga qo‘shilgan edi.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi Angliya Premyer-ligasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 135 million yevroni tashkil etgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar