«Manchester Siti» 100 million yevrolik 18 yoshli iqtidorni nishonga oldi

Fransiyaning «Lill» klubi 18 yoshli yulduzi Ayyub Buaddi faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.
The Athletic nashriga ma’lum bo‘lishicha, «shaharliklar» «Lill» 100 million yevroga baholayotgan Marokash terma jamoasi yarim himoyachisining transferi ustida faol ishlamoqda. Ayrim yirik klublar Buaddini sotib olib, bir yilga «Lill»da qoldirishga tayyor edi, biroq «Manchester Siti» yarim himoyachining darhol jamoaga kelib qo‘shilishini istamoqda. Buaddining o‘zi hozircha faoliyatini qayerda davom ettirish borasida qarorga kelmagan.
2025/26 yilgi mavsumda Buaddi barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar