«Malaga» «Espanyol» futbolchisi Salinas bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

«Malaga» «Espanyol» himoyachisi Xose Salinas bilan ijara shartnomasini tuzdi. Kelishuv 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
25 yoshli ispaniyalik futbolchi 2025 yildan beri «Espanyol» safida to‘p surib kelmoqda, uning ushbu klub bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Shu bilan birga, «Malaga»da futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olish opsiyasi mavjud bo‘ladi.
2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, mahsuldor harakatlar bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 2 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar