«Monako» vingeri Magnes Akliush «Pari Sen-Jermen» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu haqda TEAMtalk nashri ma’lumot tarqatdi.

Manbaning xabar berishicha, Akliush «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublariga o‘zi uchun ustuvor vazifa «PSJ»ga o‘tish ekanligini ma’lum qilgan. Parijliklar ayni paytda «Monako» bilan taxminan 70 million yevrolik transfer qiymati bo‘yicha muzokaralarni faol tarzda ilgari surishmoqda. Qayd etilishicha, Fransiya chempioni monegasklar bilan kelishuvga erishishiga to‘la ishonmoqda.

Yakunlangan mavsumda 24 yoshli Akliush barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bor ishg‘ol etdi va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Akliush 2017 yildan buyon «Monako» tizimida faoliyat yuritib keladi.

Manba: Stadion.uz