Loftus-CHik faoliyatini Frenk Lempard qo‘l ostida davom ettirishi mumkin

Angliyalik yarim himoyachi Ruben Loftus-CHikning Italiyaning «Milan» klubidagi kelajagi A Seriyada uch yillik faoliyatidan so‘ng noaniq bo‘lib qolgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
Gap uning Angliya chempionatiga qaytishi haqida bormoqda va bu borada Rubenda «Koventri Siti» ustozi Frenk Lemparddan taklif tushgan. Avvallari «Chelsi»da Loftus-CHik bilan birga ishlagan Lempard futbolchining qobiliyatlarini yuqori baholaydi. Shu sababli, «Koventri»da Loftus-CHikning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etishiga qaramay, uning shartnomasini hoziroq sotib olish haqida o‘ylashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar