«Liverpul» «Mayns» yarim himoyachisi Kaisyu Sanoga jiddiy qiziqish ko‘rsatmoqda. Mersisaydliklardan tashqari, «Arsenal», «Manchester Yunayted» va Dortmundning «Borussiya» klublari ham futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda, deya xabar beradi Buli News.

Sanoga bo‘lgan qiziqish JCH-2026ning 1/16 finalidan o‘rin olgan Yaponiya — Braziliya (1:2) uchrashuvidan so‘ng keskin ortib ketdi. O‘sha o‘yinda yarim himoyachi uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochgan va milliy jamoadagi debyut golini urgan edi. Sanoning «Mayns» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Germaniya klubi futbolchining transferi uchun taxminan 50–60 million yevro talab qilishi mumkin.

O‘tgan 2025/2026 yilgi mavsumda Sano barcha turnirlarda jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz