«Liverpul» Uorton o‘rniga «Yuventus» yarim himoyachisini sotib olmoqchi

«Liverpul» klubi «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonga bo‘lgan qiziqishini biroz pasaytirdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda mersisaydliklar «Yuventus»ning 25 yoshli xavbeki Kefren Tyuramni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda. Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi asta-sekin «Liverpul»ning transfer bozoridagi ustuvor maqsadiga aylanib bormoqda. Turin klubi esa Tyuramni taxminan 50 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Turinliklar 2024 yilda Tyuramni «Nissa» klubidan 20,6 million yevroga sotib olishgan edi. Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 bor ishg‘ol qildi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar