«Liverpul» Angliya terma jamoasining ikki himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

«Liverpul» Angliya terma jamoasi himoyachilari Jon Stounz va Ezri Konsani o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, erkin agent maqomida bo‘lib turgan Stounz mersisaydliklar lageriga o‘tishga qarshi emas. Futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng transfer bozorida o‘z pozisiyasini mustahkamlab oldi. «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Aston Villa» himoyachisi Konsaning ehtimoliy xarid qilinishi jamoasining taktik imkoniyatlarini kengaytiradi deb hisoblaydi.
2026 yilgi Jahon chempionatida Konsa sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘ldi. Stounz esa beshta o‘yinda harakat qildi va natijali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar