«RB Leypsig» klubi 21 yoshli vinger Antonio Nusa uchun kamida 60 million yevro olmoqchi, deb xabar beradi Sky Germany nashri.

Norvegiyalik yarim himoyachiga allaqachon «Bavariya», «Yuventus», «Nyukasl», «Tottenxem» va «Kristal Pelas» kabi klublar qiziqish ko‘rsatmoqda.

Aslida «Leypsig» futbolchini o‘z safida saqlab qolishni afzal ko‘radi. Shunga qaramay, moliyaviy sabablarga ko‘ra, klub katta ehtimol bilan o‘z yetakchilaridan birini yirik summaga sotishiga to‘g‘ri keladi. Gap Nusa, Usman Diomande yoki Kastello Lukeba haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Nusa 2024 yilda «Bryugge»dan «Leypsig»ga 21 million yevro evaziga o‘tgan edi, uning Germaniya klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Ortda qolgan mavsumda u Bundesligada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Jahon chempionatida ham u ajralib turishga ulgurdi — Norvegiya terma jamoasi safida Kot-d’Ivuarga qarshi kechgan 1/16 final bahsida (2:1) gol muallifiga aylandi.

Manba: Stadion.uz