«Lasio» rahbariyati tarkibni yangi markaziy himoyachi bilan kuchaytirmoqchi. Bunga Mario Xilaning «Milan»ga kutilayotgan transferi sabab bo‘lmoqda.

Xilaning yo‘qotilishi «Lasio»ni zudlik bilan unga o‘rinbosar izlashga majbur qilmoqda. Rimliklarning bosh maqsadi — Zagrebning «Dinamo» klubi ijarasida bo‘lgan 20 yoshli markaziy himoyachi Serxi Domingesdir. Oxirgi vaqtlarda tomonlar o‘rtasidagi aloqalar qayta tiklandi va «oq-moviylar» kelishuvni qisqa muddat ichida yakunlashga umid qilishmoqda. Bu haqda tuttomercatoweb.com nashri yozmoqda.

O‘tgan mavsumda Dominges barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 9 mln yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz