«Chelsi» «Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Maksans Lakruaning transferi bo‘yicha kelishib oldi.

Fransiya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisining transfer summasi taxminan 52 million funtni tashkil etadi.

O‘yinchi bugun «Chelsi» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng klub bilan olti yillik shartnoma imzolaydi.

O‘tgan mavsumda Lakrua APLda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2024 yilda «Kristal Pelas» Lakruani «Volfsburg»dan 18 million yevroga sotib olgan edi.

Manba: Stadion.uz