L’Équipe: «Bornmut» Krupi bo‘yicha «Barselona»ning ikki taklifini rad etdi

«Bornmut» hujumchi Eli Krupini sotib olish bo‘yicha «Barselona» tomonidan yuborilgan ikki taklifni rad etdi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «olcha ranglilar» Kataloniya klubidan har biri 100 million yevrodan kam bo‘lgan ikkita taklif olgan. Biroq ingliz klubi ularning hech biriga rozilik bermagan.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tishni istamoqda va bu haqda o‘z yaqinlariga ma’lum qilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda uning bolalikda «Barselona» futbolkasida tushgan surati ham tarqalgan.
O‘tgan mavsumda Eli Krupi «Bornmut» safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi. Uning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar