«Komo» «Inter»ga raqobat qilmoqchi

«Komo» klubi Belgiyaning «Yunion Sen-Jilluaz» jamoasi himoyachisi Anan Xalaili transferi bo‘yicha rasmiy taklif kiritdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» hamon 21 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Futbolchining o‘zi ham milanliklar vakillari bilan muloqotdan so‘ng aynan ushbu klubga o‘tishni afzal ko‘rishini bildirgan. Biroq Belgiya tomoni bilan hali yakuniy kelishuvga erishilganicha yo‘q.
Vaziyatdan foydalangan «Komo» transferga aralashishga harakat qildi va futbolchini keyinchalik 27 million yevroga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish variantini taklif etdi. «Yunion Sen-Jilluaz» esa o‘z futbolchisini 30 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar