«Borussiya» hujumchisi Karim Adeyemi «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi. Nemis futbolchisining «ko‘k-anorranglilar» safiga qachon kelib qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi.

Ispaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, Karim Adeyemi 15 yoki 16 iyul kunlari tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va «Barselona»ning yangi o‘yinchisi sifatida rasman tanishtiriladi. Agar bitimda so‘nggi daqiqalarda hech qanday yuridik muammo kelib chiqmasa, ushbu sanalar o‘z kuchida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Adeyemi uchun 20 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi.

Manba: Stadion.uz